Tezkor komissiya — siz jalb qilingan mijozlar orderlarini yopganidan keyin 10 daqiqa ichida ishlab topgan komissiyalaringiz mukofot hamyoningizga hisobga kiritilishidir. Bu har kuni o‘tgan kungi bajarilgan savdolar uchun bir marta hisoblanadigan kunlik komissiyadan farq qiladi. Tezkor komissiya to‘lovini qanday tanlash mumkin:
- Hamkorning shaxsiy kabinetiga (PPA) kiring.
- Hisob bo‘limiga o‘ting.
- Komissiya turi tugmasini bosing va Tezkor turini tanlang.
Tezkor komissiya faqat muvofiq keladigan hamkorlar uchun mavjud.
Komissiya turini har 24 soatda faqat bir marta o‘zgartirishingiz mumkin.
0,01 AQSh dollaridan kam bo‘lgan mukofotlar hisobga tezkor o‘tmaydi.
Buning o‘rniga, ushbu kichik miqdorlar umumlashtiriladi va keyingi kuni ertalab Kunlik komissiya jadvaliga muvofiq to‘lanadi — agar umumiy summa kamida 0,01 AQSh dollariga yetsa.
Agar umumiy summa 0,01 AQSh dollariga yetmasa, u rad etiladi, keyingi kunlarga o‘tkazilmaydi va keyinchalik to‘lab berilmaydi.
Ushbu mablag‘larni To‘lovi kutilayotgan tranzaksiyalar hisoboti orqali kuzatishingiz mumkin.
Ba’zi kamdan-kam hollarda, mukofot to‘lovi order yopilgandan keyingi ish kunining oxirigacha kechiktirilishi mumkin. Bu tranzaksiyaning aniqligi va xavfsizligini ta’minlaydigan tekshiruv jarayoni bilan bog‘liq.
Xavfsizlik maqsadida to‘lovlar kunlik rejimga avtomatik ravishda o‘zgarishi mumkin.
Tezkor komissiyaning afzalliklari
- Doimiy daromad oqimini ta’minlaydi.
- Jalb qilingan mijozlaringizning savdo faolligini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beradi.
- Marketing strategiyalaringizni optimallashtiradi va savdo hajmingizni oshiradi.