Standard hisoblarimizda savdo qiladigan mijozlar uchun komissiya hisoblanishi o‘rtacha spred va hamkor darajasiga asoslanadi.
Standard hisobda savdo qilish uchun mavjud bo‘lgan barcha instrumentlar nomining oxirida “m” suffiksi bo‘ladi. Masalan, EURUSDm, GBPUSDm.
Komissiyani hisoblash
Mijoz sizning hamkor havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tadi va Standard hisobda Foreks_Group toifasidan GBPUSDm bo‘yicha 2 lot savdo qiladi. O‘sha paytdagi ochilish narxlari:
- Taklif: 1,11920
- Talab: 1,11975
Yopilish paytida narxlar quyidagicha edi:
- Taklif: 1,11910
- Talab: 1,11970
Aytaylik, siz Bronze hamkor bo‘lsangiz (komissiya miqdori 33%):
Ochilish spredi (piplarda) = (Talab narxi - Taklif narxi) / Pip hajmi
= (1,11975 - 1,11920) / 0,0001
= 5,5 pip
Yopilish spredi (piplarda) = (Talab narxi - Taklif narxi) / Pip hajmi
= (1,11970 - 1,11910) / 0,0001
= 6 pip
O‘rtacha spred = (Ochilish spredi + Yopilish spredi)/ 2
= (5,5 + 6)/2
= 5,75 pip
Muayyan order uchun pip qiymatini bilish uchun Savdo kalkulyatorimizdan foydalaning. Kalkulyatorga ko‘ra, ushbu order uchun pip qiymati 20 AQSh dollariga teng.
Shunday qilib, Komissiya = 0,33 x 5,75 x 20 AQSh dollari = 37,95 AQSh dollari
- Komissiya faqat mijoz savdoni yopganidan keyin to‘lanadi.
- Tegishli hollarda komissiyaga bonus koeffitsiyenti qo‘llanadi.
Close-by orderlari
Orderlarni standart tarzda yopishda tizim ikkita alohida bozor orderini bajaradi (buy pozitsiyasini Taklif narxida, sell pozitsiyasini esa Talab narxida yopadi). Bunda spred ikki marta undiriladi va shu tarzda yopilgan xedjlangan orderlar komissiyangiz uchun 2 ta spred sifatida hisoblanadi.
Close-by orderlarida esa tizim buy va sell pozitsiyalarini bir-biriga bevosita moslab, o‘zaro qoplaydi; buning uchun ikkita alohida chiqish orderini bajarish talab etilmaydi. Pozitsiyalar ichki tarzda bir-birini qoplab, bekor qilgani uchun spred ikki marta emas, faqat bir marta to‘lanadi. Bu esa umumiy tranzaksiya xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Shu sababli, hamkor komissiyasi faqat 1 ta order (1 ta spred) uchun to‘lanadi.
CloseBy orderlari uchun 1 ta spred hisoblanadi, shuning uchun komissiya 1 ta order asosida hisoblanadi; xedjlangan orderlar esa 2 ta spred sifatida hisoblanadi va komissiya 2 ta order asosida hisoblanadi.
Komissiya oddiy orderlar kabi hisoblanadi — o‘rtachani aniqlash uchun ochilish spredining yarmi va yopilish spredining yarmi olinadi:
Komissiya = Mukofot miqdori x pipdagi o‘rtacha spred x pip qiymati
Batafsil ma’lumot olish yoki mukofotlaringiz bo‘yicha tafsilotlarni ko‘rish uchun hamkor Shaxsiy kabinetingizdagi Hamkor komissiyasi ma’lumotlar paneliga murojaat qiling yoki tranzaksiya hisobotini oching.
Misol
Faraz qilaylik, treyderda quyidagilar bor:
- EURUSD bo‘yicha 1 lot Buy
- EURUSD bo‘yicha 1 lot Sell
Agar treyder ikkala pozitsiyani alohida-alohida yopsa, ular ikkita alohida yopilish sifatida ko‘rib chiqiladi; shunda 2 ta spred hisoblanadi.
Agar treyder Close By funksiyasidan foydalansa, Buy va Sell pozitsiyalari o‘zaro qoplanadi, shunda 1 ta spred hisoblanadi.
Batafsil ma’lumot olish uchun Hamkor Shaxsiy kabinetingizdagi Hamkor komissiyasi ma’lumotlar paneliga murojaat qiling.
Savdo uchun mavjud instrument guruhlari
Standard hisoblarda savdo uchun mavjud instrument guruhlari:
- Foreks valyuta juftliklari
- Indekslar
- Aksiyalar
- Xomashyolar
- Kriptovalyutalar