Jalb qilingan mijoz bonus mablagʻlaridan foydalangan holda savdo qilsa, hamkorlik komissiyasini hisoblashda bonus koeffitsiyenti qoʻllaniladi.
Endi mijozlarga bonuslar taqdim etilmaydi. Natijada, bonus koeffitsiyenti deyarli har doim 1 ga teng. Quyidagi maʼlumotlar faqat maʼlumot uchun taqdim etilgan.
Bonus koeffitsiyentining taʼsiri
Mijoz kapitalida bonus mablagʻlarining ulushi qancha katta boʻlsa, bonus koeffitsiyenti shuncha kichik boʻladi, natijada hamkor komissiyasi kamayadi.
Bonus koeffitsiyentini qanday tekshirish mumkin
Toʻlovda bonus koeffitsiyenti qoʻllanilganligini tekshirish uchun:
- Hamkor Shaxsiy Kabinetiga kiring.
- Hisobotlar > Mijoz tranzaksiyalari bo‘limiga o‘ting.
- Sana diapazonini belgilang va Qoʻllash tugmasini bosing.
- Tranzaksiya yonidagi Detalni koʻrsatish tugmasini bosing.
Tafsilotlarda, agar mavjud boʻlsa, qoʻllanilgan bonus koeffitsiyenti aks ettiriladi.
Bonus koeffitsiyenti formulasi
Bonus koeffitsiyenti = (Joriy kapital – Joriy bonus) / Joriy kapital
Kapital va bonus qiymatlari order ochilgan vaqtdagi holatga qarab olinadi.
Hisoblash namunasi
- Toʻlanishi kerakli komissiya: 10 USD
- Mijoz bonusi: 50 USD
- Joriy kapital: 200 USD
Bonus koeffitsiyenti = (200 – 50) / 200 = 0.75
Yakuniy komissiya = 10 × 0.75 = 7.5 USD