Bizning Raqamli Hamkorlik Shartnomamiz va Hamkorlik Shartnomasiga muvofiq, mijozlarni firibgarlik yoʻli bilan jalb qilish qat’iyan taqiqlanadi. Agar hisobingizda suiste’mol holati gumon qilinsa, hamkor havolangiz bloklanishi, hisobingiz esa muammoni oʻrganayotganimizda toʻxtatib turilishi yoki bloklanishi mumkin.
Hamkor havolangiz bloklangan
Hamkor havolangiz shubhali faoliyat sababli bloklandi. Agar sizda bir nechta hamkor havolasi mavjud boʻlsa, quyidagi shartlar faqat bloklangan statusdagi havolalarga tatbiq etiladi:
- Mijozlarni biriktirish toʻxtatiladi.
- Mijozlarni malakalash faol boʻlib qoladi.
- Mukofot toʻlovlari faol boʻlib qoladi.
- Oldin hisoblangan mablagʻlarni yechib olish ruxsat etiladi.
Qoʻshimcha ma’lumot olish uchun, iltimos, qoʻllab-quvvatlash mutaxassisi yoki hamkor menejeri bilan bogʻlaning.
Hisobingiz vaqtincha toʻxtatilgan
Hisobingiz shubhali faoliyat tufayli koʻrib chiqilmoqda. Agar hisobingiz ushbu holatda boʻlsa:
- Mijozlarni biriktirish davom etadi.
- Mijozlarni malakalash faol boʻlib qoladi.
- Mijozlar uchun mukofot toʻlovlari vaqtincha toʻxtatilgan.
- Oldin hisoblangan mablagʻlarni yechib olish ruxsat etiladi.
Bunga nima sabab boʻlishi mumkin?
- Emaillingiz va PPA ga yuborilgan bildirishnomalarni tekshiring.
- Raqamli Hamkorlik Shartnomasi (DAA) shartlariga rioya qilinishini hamda mobil kampaniyani ishga tushirish qoidalariga amal qilinishini ta’minlang.
- Har qanday bloklangan (rad etilgan) mijozlar boʻyicha Mijozlar hisobotini koʻrib chiqing. Rad etish sababini aniqlash uchun, konkret mijoz ustiga bosing. Ushbu faoliyatlarning batafsil roʻyxatini Raqamli hamkorlik shartnomasi (DAA) va Hamkorlik shartnomasi shartlarida topishingiz mumkin. Hamkorlik moderatsiyasi va koʻrsatmalari haqida batafsil oʻqib chiqing.
Hisobingiz bloklangan
Hisobingiz shubhali faoliyat yoki Raqamli Hamkorlik Shartnomasi (DAA)da koʻrsatilgan boshqa sabablarga koʻra bloklandi. Agar hisobingiz ushbu holatda boʻlsa:
- Mijozlarni biriktirish toʻxtatiladi.
- Mijozlarni malakalash toʻxtatiladi.
- Mijozlar uchun mukofot toʻlovlari toʻxtatiladi.
- Oldin hisoblangan mablagʻlarni yechib olish ruxsat etiladi.
- Hamkor havolasi bloklangan.
Agar siz ushbu statusni koʻrsangiz, hamkor hisobingiz bloklangan va ushbu statusni oʻzgartirib boʻlmaydi. Agar hisobingiz xatolik natijasida bloklangan deb hisoblasangiz, qoʻllab-quvvatlash mutaxassisi yoki hamkor menejeri bilan bogʻlaning.